Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Tomadurgadik qishloq Toma mahallasi Barkamol Аvlod koʼcha 1-uy

blog


O`zbekiston va Xitoy o`rtasida 41 ta hujjat imzolandi

Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, O`zbekiston va Xitoy o`rtasida hujjatlarni imzolash marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoev va Xitoy raisi Si Szinpin Qo`shma bayonotni imzoladilar va 2023-2027 yillarga mo`ljallangan O`zbekiston bilan Xitoy o`rtasida yangi davrdagi har tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirish dasturini qabul qildilar.
Etakchilar huzurida quyidagi hujjatlar imzolandi:
– O`zbekiston Hukumati bilan Hukumati o`rtasida texnik-iqtisodiy hamkorlik to`g`risidagi bitim;
– O`zbekiston Hukumati bilan Xitoy Hukumati o`rtasida Hamkorlik bo`yicha o`zbek-xitoy hukumatlararo qo`mitasini tashkil etish to`g`risidagi Bitimga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi bayonnoma;
– O`zbekiston bilan Xitoy Hukumati o`rtasida o`rta ta`lim maktablari salohiyatini rivojlantirish bo`yicha loyihani amalga oshirish to`g`risidagi bitim;
– . O`zbekiston Qishloq xo`jaligi vazirligi bilan Xitoy Bojxona bosh ma`muriyati o`rtasida O`zbekistondan Xitoyga eksport qilinadigan muzlatilgan parranda go`shtining inspeksiya, karantin va veterinariya-sanitariya talablari to`g`risidagi bayonnoma;
– O`zbekiston Qishloq xo`jaligi vazirligi bilan Xitoy Bojxona bosh ma`muriyati o`rtasida O`zbekistondan Xitoyga uzum eksport qilishda fitosanitar talablar va nazorat to`g`risidagi bayonnoma;
– O`zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo`mitasi bilan Xitoy Bojxona bosh ma`muriyati o`rtasida vakolatli iqtisodiy operatorlar dasturlarini o`zaro tan olish to`g`risidagi kelishuv;
– O`zbekiston Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan Xitoy Tijorat vazirligi o`rtasida ustuvor investisiya loyihalarini ilgari surish bo`yicha anglashuv memorandumi;
– O`zbekiston Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi bilan Xitoy Davlat kengashi Matbuot kanselyariyasi o`rtasida ommaviy axborot vositalari sohasida hamkorlik to`g`risidagi anglashuv memorandumi;
– 2023-2024 yillarga mo`ljallangan O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bilan Xitoy Tashqi ishlar vazirligi o`rtasida hamkorlik dasturi;
– Toshkent shahri va Sichuan muzofoti o`rtasida sheriklik aloqalarini o`rnatish to`g`risidagi bitim;
– Sirdaryo viloyati va Shensi muzofoti o`rtasida sheriklik aloqalarini o`rnatish to`g`risidagi bitim;
– Samarqand viloyati va Shensi muzofoti o`rtasida sheriklik aloqalarini o`rnatish to`g`risidagi bitim.
Bundan tashqari, quyidagi muhim iqtisodiy kelishuvlar imzolandi:
– elektr uzatish liniyalari va nimstansiyalarini qurish loyihasini moliyalashtirish to`g`risida;
– multimodal logistika markazini tashkil etish to`g`risida;
– “O`zbekiston temir yo`llari” AJ lokomotivlari parkini yangilash va modernizasiya qilish to`g`risida;
– O`zbekiston-Xitoy agrosanoat parkini tashkil etish to`g`risida;
– Agroinnovasion parkni tashkil etish to`g`risida;
– O`zbekiston-Xitoy biotexnologik klasterini tashkil etish to`g`risida;
– “O`zbektelekom” AKning telekommunikasiya infratuzilmasini yanada kengaytirish to`g`risida;
– “EXEED” kompaniyasi bilan birgalikda zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarish to`g`risida;
– “BYD Auto Industry” kompaniyasi bilan birgalikda elektr va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish to`g`risida;
– “O`zbekiston milliy banki” AJ bilan “Xitoy Eksim banki” o`rtasida kredit liniyalarini jalb qilish to`g`risida;
– “O`zbekiston milliy banki” AJ bilan “Xitoy taraqqiyot davlat banki” o`rtasida kredit liniyalarini jalb qilish to`g`risida;
– “China Export and insurance corporation” bilan hamkorlik to`g`risida;
– Sirdaryo viloyatida “Norin GES kaskadini qurish” va Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanida “Aygain GES kaskadini qurish” loyihalari texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash to`g`risida;
– telekommunikasiya tarmoqlarini rivojlantirish sohasida hamkorlik to`g`risida.
Tashrif tadbirlari doirasida tarmoq memorandumlari ham imzolandi:
– O`zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi xorijiy davlatlar bilan millatlararo munosabatlar va do`stona aloqalar Qo`mitasi bilan Xorijiy mamlakatlar bilan do`stlik Shanxay xalq uyushmasi o`rtasida;
– O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan Xalqaro savdoga ko`mak ko`rsatish bo`yicha Xitoy kengashi o`rtasida tijorat huquqi sohasida hamkorlik bo`yicha O`zbek-Xitoy qo`mitasinni tuzish to`g`risida;
– O`zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi bilan Dalyan tovar birjasi o`rtasida;
– O`zbekiston Parrandachilik uyushmasi bilan Xitoy Chorvachilik uyushmasi o`rtasida parrandachilik sohasida hamkorlik to`g`risida;
– O`zbekiston Respublikasi "Uzcharmsanoat" uyushmasi bilan Xitoy charm sanoati bo`yicha hamkorlik uyushmasi o`rtasida;
– Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan Pekin xorijiy tillar va madaniyat universiteti o`rtasida;
– Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan Lyaonin pedagogika universiteti o`rtasida;
– Samarqand xalqaro texnologiyalar universiteti bilan Tyanszin fan va texnika universiteti o`rtasida;
– Samarqand xalqaro texnologiyalar universiteti bilan Shimoliy-sharq elektroenergetika universiteti o`rtasida;
– Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan Shanxay universiteti o`rtasida.
Tashrif doirasida ikki mamlakat o`rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan jami 41 ta hujjat imzolandi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Tomadurgadik qishloq Toma mahallasi Barkamol Аvlod koʼcha 1-uy
  • +998 (90) 725-51-14
  • info@xonqa33-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Май 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili