Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Tomadurgadik qishloq Toma mahallasi Barkamol Аvlod koʼcha 1-uy

blog
  • Yangiliklar
  • 12-05-2023, 16:39

Milliy reyting boshlandi

XORAZMDA MILLIY REYTING JARAYONLARI BOSHLANDI

Bugun, 11-may kuni Xorazm viloyati umumta’lim maktablarida milliy reyting jarayonlari boshlandi.

Mazkur reytingda qur’a tashlash yo‘li bilan tanlab olingan 52 ta umumta’lim maktablari ishtirok etmoqda.

Ushbu jarayonlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mutasaddilaridan iborat ishchi guruhi tomonidan olib boriladi.

Milliy reyting jarayonlarida o‘quvchilardan ona tili fanidan diktant, matematika fanidan yozma ish, shuningdek, fan o‘qituvchilardan so‘rovnoma olinadi.

7 ta indikator bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim maktablari baholanib, respublikadagi o‘rni belgilanadi. Shuningdek, tuman va viloyatlar reytingi chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil milliy reyting natijalariga ko‘ra, Xorazm viloyati respublikada 3-o‘rinni egallagan edi.

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

Manzil

  • Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Tomadurgadik qishloq Toma mahallasi Barkamol Аvlod koʼcha 1-uy
  • +998 (90) 725-51-14
  • info@xonqa33-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июль 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Yil dasturi

Maktab manzili